Sun’iy intellekt yo‘nalishida parlament va institut o‘rtasida memorandum imzolandi

128
1 минута
Sun’iy intellekt yo‘nalishida parlament va institut o‘rtasida memorandum imzolandi
Joriy yilning 6-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalar qo‘mitasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Maqsad qonunchilikni takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, huquqiy madaniyatni oshirish, mamlakat taraqqiyotiga qaratilgan strategiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda parlamentning qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil hamda axborot tushuntirish faoliyatida ilmiy-tadqiqot va ekspertlik tashkilotlarining ishtirokini kengaytirishdan iborat. Tomonlar mazkur Memorandumda nazarda tutilgan hamkorlik doirasida innovatsion rivojlanish, axborot texnologiyalari, xususan, sun’iy intellektga oid sohalarning ilmiy-amaliy muammolarini tadqiq etish, xorijiy tajribani o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish hamda boshqa ishlarni amalga oshirishga kelishib olishdi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining rahbar xodimlari, shuningdek OAV vakillari ishtirok etishdi.
Ta’kidlanganidek, Memorandumning qabul qilinishi parlament va ilmiy hamjamiyat o‘rtasida samarali hamkorlik doirasida jamiyat ehtiyojlari va manfaatlarini qonunlarda to‘liq aks ettirishga hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi qonunlarning qabul qilishga yordam beradi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...