Sun’iy intellekt texnologiyalari sohasida ustuvor loyihalar tasdiqlandi

2097
1 минута
Sun’iy intellekt texnologiyalari sohasida ustuvor loyihalar tasdiqlandi
2025-yil 10-iyul kuni ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2025-2026-yillarda sun’iy intellekt texnologiyalari sohasida ustuvor loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 425-son qarori tasdiqlandi. Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori ijrosi doirasida jami 86 ta bandlarni o'z ichiga olgan "2025-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi hamda ularning ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor loyihalar" hamda "2025-2026-yillarda vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor loyihalar" tasdiqlandi.
Ma'lumot uchun. "2025-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi hamda ularning ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor loyihalar" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan 50 mln. AQSh dollari mablag'lari qismidan moliyalashtiriladi.
Shu bilan birga, mazkur qaror bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi Toshkent shahridagi Inha universiteti uchun 2026-yil 1-iyunga qadar sun’iy intellekt texnologiyalarini amalga oshirish bo‘yicha parallel hisoblash, mashinaviy o‘qitish va boshqa loyihalar uchun zarur bo‘lgan grafik ishlov berish bloklarini (GPU) o‘z ichiga olgan yuqori samarali hisoblash klasteri hamda katta ma’lumotlar bazasi server qurilmalari xarid qilinishini ta'minlashi belgilanmoqda.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...