Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot jihatdan ochiqlik indeksi e'lon qilindi
Mening parlamentim
780
1 минута
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi 2024-yil uchun ham Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining OAVda hozir bo‘lishlari
darajasi (axborot jihatdan ochiqlik indeksi)ni o'rgandi. Qayd etish joizki, Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyatining asosini tashkil etuvchi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish va axborot sohasini yanada liberallashtirish va demokratlashtirishga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ochiqligini ta’minlashga qaratilgan qator samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan Jamoatchilik kengashi 2021-yildan beri "Ochiqlik indeksi"ni yuritib keladi. Indeks doirasida O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelgan 21 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining milliy va xalqaro elektron OAVlardagi chiqishlari monitoring qilindi va yakuniy reytingi tuzildi. Reyting ko‘rsatkichlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan e'lon qilingan emas, balki ular to‘g‘risida chop etilgan maqolalar va ko‘rishlar soni, shuningdek tanqidiy munosabatlar asosida shakllantirishni nazarda tutadi. 2024-yil uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining OAVda hozir bo‘lishlari darajasi (axborot jihatdan ochiqlik indeksi) monitoringi yakunlariga ko'ra Adliya vazirligi 4,09 ko'rsatkich bilan birinchi, Raqamli texnologiyalar vazirligi 3.92 ko'rsatkich bilan ikkinchi va Tashqi ishlar vazirligi 3.89 ko'rsatkich bilan uchinchi o'rinni egallashdi. Reytingda Transport (1.62), Tog‘-kon sanoati va geologiya (1.47) hamda Suv xo'jaligi (1.34) vazirliklari eng yomon ko'rsatkichlarni qayd etishdi.