Millatlar totuvligi hamda xorijdagi vatandoshlarni qo'llab-quvvatlash ustuvor vazifa

142
1 минута
Millatlar totuvligi hamda xorijdagi vatandoshlarni qo'llab-quvvatlash ustuvor vazifa
Mamlakatimizda umummilly totuvlik, birdamlik va hamjihat mustahkamlash, barcha fuqarolarga teng huquq va imkoniyatlar yaratish hamda xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantish maqsadida quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi:
millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirish, jamiyatda doʻstlik, oʻzaro hamjihatlik, bagʻrikenglik va birdamlikni mustahkamlash orqali yagona fuqaroviy oʻzlikni shakllantirish;
Oʻzbekistonda yashovchi barcha millat va elatlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash orqali ularning umummilliy taraqqiyotga daxldorligini kuchaytirish;
xorijdagi vatandoshlar jamoalari va oʻzbek diasporalarining milliy oʻzligini saqlashga koʻmaklashish hamda ularning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini Vatanimiz rivojiga safarbar etishni qoʻllab-quvvatlash;
xalq diplomatiyasi mexanizmlari orqali xorijiy mamlakatlar bilan ijtimoiy-madaniy va doʻstlik aloqalari hamda Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash.
Shu bilan birga, Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi tashkil etildi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...