Yangilanayotgan Konstitutsiya va raqamli texnologiyalar

903
1 минута
Yangilanayotgan Konstitutsiya va raqamli texnologiyalar
2023 yil 24 martda IT-Park binosida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari ishtirok etgan tadbirda yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilishda deputatlar umumiy normalar bilan bir qatorda, xususan, raqamli texnologiyalarga oid normalarni ham muhokama qildilar.
Yangilanayotgan Konstitutsiyada har kimning yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanish huquqiga ega ekanligi belgilanmoqda. Bunday huquqlarning cheklanishiga yoki uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yilishi belgilab qo‘yilmoqda.

Shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlatning fuqarolarga Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishi kafolatlanmoqda. Shunindek, O‘zbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 2016 yilda 12,1 mln bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib ikki barobarga, ya’ni 24 milliondan oshdi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda aholi yashash maskanlari hududining Internet tarmog‘i bilan qamrovi 2016 yildagi 28 foizdan 2022 yilda 98 foizga yetgan.

Tadbirda Bosh qomusimizga kiritilayotgan yangi normalar haqida ham kengroq ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar tomonidan ko‘tarilgan savollarga atroflicha javoblar berib o'tildi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...