Yo'l harakati xavfsizligi doirasida ayrim huquqbuzarliklar uchun ogohlantirish chorasi qo'llaniladi

267
1 минута
Yo'l harakati xavfsizligi doirasida ayrim huquqbuzarliklar uchun ogohlantirish chorasi qo'llaniladi
Joriy yilning 4-fevral kuni "Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga “ma’muriy ogohlantirish” jazo chorasini kiritish va ijtimoiy xavfliligi kam bo‘lgan yo‘l harakati xavfsizliligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ogohlantirish jazosini qo‘llashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 36-moddasi to‘ldirilmoqda. Unga muvofiq, yo‘l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan hollarda ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay, qaror ustidan shikoyat qilinganda esa bir yildan kechiktirmay qo‘llanilishi belgilanmoqda. Ya’ni, endilikda foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan huquqbuzarlik uchun qaror bir oydan kechiktirib chiqarilgan bo‘lsa jazo qo‘llanilmaydi.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida avtomatlashtirilgan foto- va video vositalari yordamida qayd etiladigan huquqbuzarliklar aniq sanab o‘tilmoqda. Endilikda “polosani bosganlik” holati kamera orqali qayd etilsa, jarima qo‘llanilmasligi ham belgilanmoqda.

  • Комментарии
Загрузка комментариев...