Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqi cheklangan hududlar hisoblanadi:
chegara zonasi;
yopiq harbiy shaharchalar;
yopiq ma’muriy-hududiy tuzilmalar;
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarda, shuningdek fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va xavfsizligiga tahdid soladigan boshqa joylar;
yuqumli kasalliklarning hamda yuqumli bo‘lmagan ommaviy kasalliklarning tarqalishi, odamlarning zaharlanish xavfi mavjud bo‘lganligi munosabati bilan aholining yashashi hamda xo‘jalik faoliyati uchun alohida shartlar va rejimlar joriy etilgan ayrim hududlar hamda aholi punktlari;
o‘ta muhim va toifalangan obyektlar;
favqulodda yoki harbiy holat e’lon qilingan hududlar.
Vakolatli organ - Ichki ishlar vazirligi.