Suv resurslarini boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda

240
1 минута
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Soliq kodekslariga, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ya’ni, yer osti suvlariga quduqlarni qonunga xilof ravishda burg‘ilash va xavfli geologik jarayonlarning oldini olishga doir ko‘rsatmalar talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash, hisoblash vositalarisiz yer osti suvlari olinganda soliqni belgilangan soliq stavkasining oshirilgan miqdorida undirish, yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilashga doir ruxsatnomani berish tartib-taomilini yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga doir ruxsatnomani berish tartib-taomili bilan almashtirish nazarda tutilmoqda.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...