
*tintuv o‘tkazish haqida;
*jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish;
*ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risida;
*mol-mulkni xatlash haqida sudga iltimosnoma kiritishi mumkin.
Qolaversa Qonun bilan sud tizimida yangi tergov sudyasi lavozimi joriy etildi va U quyidagi iltimosnomalarni ko'rib chiqishga vakolatli hisoblanadi:
*qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash;
*qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish;
*ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatgacha uzaytirish;
*pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish;
*ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish;
*shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish;
*ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish;
*murdani eksgumatsiya qilish;
*pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash;
*prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash; *tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; *telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish;
*mol-mulkni xatlash.