O'zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotni zararsizlantirish faoliyatida raqobat muhiti shakllantiriladi

60
1 минута
O'zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotni zararsizlantirish faoliyatida raqobat muhiti shakllantiriladi
Ushbu Qonun bilan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotni zararsizlantirish (fumigatsiya) faoliyatida raqobat muhitini shakllantirish va mazkur tadbirlarning samaradorligini oshirish, shuningdek, fumigatsiya faoliyatining atrof-muhitga va fumigatsiya qilinayotgan mahsulotga ta’siri kam bo‘lgan usullarini joriy qilish maqsadida fitosanitar zararsizlantirish xizmatlarini xususiy sektorga o‘tkazish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) faoliyatini litsenziyalash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi, litsenziyalash bilan bog‘liq vakolatlar esa Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga berilmoqda.
Qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun ilovasiga quyidagi band kiritilmoqda:
52. Faoliyatning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji
a) mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi bo‘yicha faoliyat — BHMning 2 baravari
b) O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyat — BHMning 3 baravari
Qonunning qabul qilinishi karantin osti mahsulotlarini fitosanitar zararsizlantirish faoliyatining samaradorligini oshirishga, xususan, fitosanitar zararsizlantirishning yangi usullarini joriy qilishga, jismoniy va yuridik shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i hamda atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirini boshqarishga xizmat qiladi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...