Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirishlar kiritilmoqda
Mening parlamentim
542
Меньше минуты
"O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun qabul qilindi. Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qator o'zgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, mazkur Kodeksning 56-1-moddasiga ko'ra, endi havo kemalarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, BHMning ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 151-moddaga ko'ra abonentlik qurilmasini ro‘yxatdan o‘tkazmay yoki ruxsatsiz elektr aloqa tarmoqlariga ulash, abonentlik qurilmasini musodara qilib yoki musodara qilmay, BHMning ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.