“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Qonun bilan tadbirkorlik subektlarining 12 turdagi litsenziya, ruxsat berish va xabarnoma olish talabi bekor bo‘lishi, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish bo‘yicha arizalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham taqdim etish imkoniyatini yaratish belgilanmoqda. Shu bilan birga, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini qisqartirish borasida olib borilgan islohotlarni o‘zida aks ettirib, u bilan amaldagi 3 ta kodeks, 5 ta qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.