Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida yangi qonun

1544
1 минута
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida yangi qonun
Qonun bilan issiqxona gazlari chiqarilishini cheklash sohasidagi davlat organlarining vakolatlari aks etmoqda. Issiqxona gazlari chiqarilishini davlat tomonidan hisobini yuritish tartib-qoidalari ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashvari, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash choralarini monitoring, hisoboti va verifikatsiya tizimi asoslari va tartibi qonun loyihasida mustahkamlanmoqda. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquq va majburiyatlari belgilanmoqda. Mazkur Qonunning qabul qilinishi iqlim o‘zgarishlariga sabab bo‘luvchi iqtisodiyot tarmoqlarida chiqarilayotgan issiqxona gazlarini tartibga solishga, fuqarolarining qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lishiga xizmat qiladi. Qonun  rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.Ushbu Qonun 18-moddasining beshinchi qismi 2027-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi. E'lon qilingan sana 8.07.2025 y.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...