Ipoteka kreditiga oid yangi norma qabul qilindi

900
1 минута
Ipoteka kreditiga oid yangi norma qabul qilindi
2025-yil 12-fevral kuni prezident Sh. Mirziyoyev "Ipoteka krediti bozori yanada rivojlantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonunga imzo qo'ydi. Qonunning qabul qilinishiga asos aholining uy-joylarga o‘sib borayotgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun bozor tamoyillari asosida tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish zarur. Buning uchun ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlashda faqat davlat budjeti yoki tashqi qarz mablag‘larini jalb etmasdan ipoteka bozoridagi vositalardan keng foydalanish maqsadga muvofiq.
Odatda bank ipoteka kreditini ajratganidan so‘ng ushbu mablag‘lar qaytishini 20 yil kutishi kerak. Banklar ajratilgan mablag‘lar aylanmasini tezlashtirish uchun ushbu kreditlarning o‘zini aktiv sifatida ishlatadi. Buning vositalaridan biri bu garov xatini rasmiylashtirish hisoblanadi.
Garov xatini boshqa shaxsga o‘tkazish fuqaro uchun ipoteka krediti shartlarini o‘zgartirmaydi va unga qo‘shimcha majburiyatlarni yuklamaydi. Faqat kredit bo‘yicha to‘lovlarni qabul qiluvchi shaxs o‘zgaradi, xolos. Keyinchalik bank garov xatlarini ta’minot sifatida ishlatib, boshqa moliyaviy institutlardan qarz mablag‘larini jalb qilishi mumkin bo‘ladi. Amaldagi qonunchilikda garov xati mexanizmini takomillashtirish orqali ipoteka bozoriga uzoq muddatli resurslarni jalb etish va ipoteka kreditini aktiv sifatida muomalaga kiritish nazarda tutilgan.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...