Intellektual mulkdan noqonuniy foydalanish 375 million so'mgacha jarimaga sabab bo'lishi mumkin

59
1 минута
Intellektual mulkdan noqonuniy foydalanish 375 million so'mgacha jarimaga sabab bo'lishi mumkin
Texnologik taraqqiyot va globallashuv davrida intellektual mulkni himoya qilish masalalari tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Yaqinda O'zbekistonda "Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun patent egalarining huquqlarini himoya qilishni sezilarli darajada kuchaytiradi va ularning mulkidan noqonuniy foydalanganlik uchun jazoning yangi mexanizmlarini joriy etadi.
Qonunning asosiy mazmuni shundan iboratki, endi patent egasi o‘zining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obyektidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma (7.5 mln. so'm) baravaridan ming (375 mln. so'm) baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishi mumkin. Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va patent egasining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obyektidan foydalanayotgan shaxsning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda to‘lanadi. Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi.
Ushbu Qonun jismoniy va yuridik shaxslarning intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirishga, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar profilaktikasining sifatini oshirishga, shuningdek huquqbuzarliklar sonining kamayishiga hamda intellektual mulkning himoya qilinishini kuchaytirishga va raqamli muhitda ijodiy faoliyatga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlari tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...