Fuqarolar tomonidan taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilandi
Mening parlamentim
74
Меньше минуты
2025-yil 16-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi Qonunga imzo qo'yildi. Qonun bilan yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlashga ma'muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning ro‘yxati bilan quyidagi havola orqalitanishishingiz mumkin.