Elektron tijorat sohasining huquqiy asoslari takomillashtiriladi

77
Меньше минуты
2026-yilning 8-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan elektron tijorat sohasini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotgan mazkur qonun loyihasi elektron tijoratning shaffof va ochiq ekotizimini yaratish, elektron tijorat platformalari va servislarini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotdagi yashirin aylanmalar hajmini qisqartirish, elektron tijorat munosabatlaridagi iqtisodiy masalalarni yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Ishchi guruh yig‘ilishda tegishli vazirlik va idoralar vakillari, siyosiy partiyalar fraksiyalari a’zolari ishtirokida qonun loyihasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Undagi ayrim normalar deputatlar tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar asosida takomillashtirilib, loyiha matni pishiq-puxta holatga keltirilmoqda.

Ayni paytda mas’ul qo‘mitada qonun loyihasini maromiga yetkazish ishlari davom etmoqda.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...