Konstitutsiyada advokaturaga alohida bob kiritilmoqda

574
В Конституции появится отдельная глава об адвокатуре

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda advokaturaga bag‘ishlangan yangi bob kiritilayotgani tarixiy ahamiyatga molik haqiqatdir.

Darhaqiqat, shu tufayli mudofaa va ayblovning tom ma'noda tengligini ta'minlaydigan mustahkam konstitutsiyaviy asoslar yaratilmoqda.

Konstitutsiyada advokatlik idorasi jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun faoliyat yuritishi belgilab qo‘yilmoqda.

Advokatura qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish tamoyillariga asoslanadi.

Advokatning kasbiy burchlarini bajarishdagi faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Eng muhimi, advokat va uning kasbiy faoliyati davlat himoyasidadir.

https://t.me/MyParl

  • Izoh
Izoh yuklanmoqta...