Mening parlamentim
6 February 2026

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga ma'muriy ogohlantirish chorasi kiritildi.
Mening parlamentim
3 February 2026

2030-yilga qadar 4 million 750 ming nafar maktab o‘quvchilari va talabalar, 150 ming nafar o‘qituvchilar hamda 100 ming nafar davlat xizmatchilarini sun’iy intellekt yo‘nalishida o‘qitish ko‘zda tutilgan.
Mening parlamentim
29 January 2026

"Bozor islohotlari va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlari yanada jadallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
Mening parlamentim
26 January 2026

Qonun sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning umumiy asoslarini belgilashga hamda mazkur sohada yuzaga keladigan munosabatlarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Mening parlamentim
20 January 2026

2026-yil 13-yanvar kuni Prezident Sh.Mirziyoyev “Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida”gi  Qonunga imzo qo'ydi.
Mening parlamentim
16 January 2026

“Markaziy Osiyo-Xitoy” formati kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni ratifikatsiya qilish haqida"gi Qonun qabul qilindi.
Mening parlamentim
13 January 2026

2026-yilning 8-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan elektron tijorat sohasini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotgan mazkur qonun loyihasi elektron tijoratning shaffof va ochiq ekotizimini yaratish, elektron tijorat platformalari va servislarini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotdagi yashirin aylanmalar hajmini qisqartirish, elektron tijorat munosabatlaridagi iqtisodiy masalalarni yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Ishchi guruh yig‘ilishda tegishli vazirlik va idoralar vakillari, siyosiy partiyalar fraksiyalari a’zolari ishtirokida qonun loyihasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Undagi ayrim normalar deputatlar tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar asosida takomillashtirilib, loyiha matni pishiq-puxta holatga keltirilmoqda.

Ayni paytda mas’ul qo‘mitada qonun loyihasini maromiga yetkazish ishlari davom etmoqda.