Endi nafaqat giyohvandlik va psixotrop moddalarni muomalaga kiritganlik, balki ularni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlaganlik, tarqatganlik, reklama yoki namoyish etganlik uchun javobgarlikka tortilish mumkin
Yangi Qonunga ko‘ra daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yo‘q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqanlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
2024-yil 19-yanvar kuni Prezident Sh. Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunga imzo chekdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 15 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida bir guruh deputatlar tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborildi.
Семинар коллектив электрон мурожаатларни ташкил этиш амалиётини такомиллаштириш, Портал фаолияти самарадорлигини ошириш, унинг ишига Қонунчилик палатаси депутатлари ва сиёсий партияларни кенгроқ жалб этиш мақсадида ташкил этилди.
2023 йил учун Республика ижро этувчи ҳокимият органлари фаолиятининг ахборот жиҳатдан очиқлиги юзасидан ўтказилган мониторинг натижалари эълон қилинди. Унга кўра Рақамли технологиялар, Адлия, Ички ишлар ва Иқтисодий ва молия вазирликлари фаолияти ахборот жиҳатдан очиқлик талабларига мос келган ҳолда юқори ўринларни эгаллашди, Транспорт, Тоғ-кон саноати ва геология ҳамда Маданият вазирликлари эса энг қуйи кўрсаткичларни қайд этишди.
Амалдаги “Телекоммуникациялар тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни 1999 йил 20 августда қабул қилинган. Қонун 28 та моддадан иборат бўлиб, ўтган даврда жами 12 маротаба ўзгартириш ва қўшимчалар киритилган.