2024-yil 10-oktabr kuni Prezident Sh. Mirziyoyev tomonidan "Kosmik fazo, shu jumladan Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlarning faoliyati prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomaga (London, Moskva va Vashington, 1967-yil 27-yanvar) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida" Qonunga imzolandi.
“Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Davlat kreativ sanoatni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish va bu sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.
2024-yil 26-avgust kuni «Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–124-sonli Farmon imzolandi.
Vakillik organi vakillari, professorlar va ekspertlar “Elektron jamoaviy murojaatlarning vakillik organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashdagi o‘rni: nazariy va huquqiy asoslar” mavzusida fikr yuritishdi
Yangi Qonunga ko‘ra patent egasi o‘zining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obyektidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishi mumkin. Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va patent egasining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obyektidan foydalanayotgan shaxsning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda to‘lanadi. Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi