Ta’kidlash joizki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari BRMga erishish uchun zarur bo‘lgan aloqa, muvofiqlashtirish, monitoring va innovatsiyalarni joriy qilishda muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 2024-yil 23-avgust) ratifikatsiya qilindi.
2025-yil 20-yanvar kuni Prezident Sh.Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi Qonunga imzo qo'ydi. Qonun 2025-yil 22-iyuldan kuchga kiradi.
Kosmik faoliyatni amalga oshirishning asosiy maqsadlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini mustahkamlashga ko‘maklashish hisoblanadi.
Foydalanuvchilar esa, telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatmaganlik yoki lozim darajada sifatli xizmatlar ko‘rsatmaganlik natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rni qoplanishini, ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishini talab etishlar mumkin.