Psixologik yordam — tang (krizisli) vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga, shaxslararo munosabatlarni hamda ruhiy salomatlikni yaxshilashga, shaxsiyatni rivojlantirishga yoki insonning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash uchun psixologik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan, psixologik yordam ko‘rsatish standartlariga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi
2024-yil 31-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni ta’sis etish to‘g‘risidagi Shartnomani (Bishkek, 2023-yil 13-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida"gi qonunga imzo qo'ydi
Qo‘mita mas’ul bo‘lgan qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu borada Oliy Majlis palatalari Kengashlari qarori bilan tashkil etilgan Oliy Majlis huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi imkoniyatlaridan keng foydalanildi. Jamoatchilik kengashining axborot va raqamli texnologiyalar sohasidagi mutaxassis va ekspertlari ko‘magida qator qonun loyihalari takomillashtirildi.
Oliy Majlis yuqori palatasining bir guruh a'zolari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan MDH PA iqlim o‘zgarishiga moslashish masalalari bo‘yicha seminarida ishtirok etdi.