Ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida qayd etildi.
S.Erdenebat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va hududiy vakillik organlariga saylovlar yuqori saviyada tashkil etilganini ta’kidlab, saylov jarayonining barcha bosqichlari shaffof, ochiq va xolis o‘tganini, xalqaro demokratik standartlarga muvofiq bo‘lganini ta’kidladi.
Parlament saylovi yangilangan Konstitutsiya asosida mutlaqo yangi ijtimoiy-siyosiy muhitda o‘tkazilgani ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, “Mo‘g‘uliston – O‘zbekiston” parlamentlararo guruhi doirasidagi hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, keng hamkorlik uchun aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.