O‘zbekiston Sun’iy intellektga tayyorgarlik indeksida 17 pog‘onaga ko‘tarildi

124
Меньше минуты
O‘zbekiston Sun’iy intellektga tayyorgarlik indeksida 17 pog‘onaga ko‘tarildi
2024-yil 20-dekabr kuni “Oxford Insights” xalqaro tashkiloti tomonidan “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi” (Government AI Readiness Index) reytingi e’lon qilindi. Mazkur reytingda O‘zbekiston 188 ta davlat orasida 53,45 ball bilan 17 pog‘onaga ko‘tarilib dunyo bo‘yicha 70-o‘rinni hamda Markaziy Osiyo davlatlari orasida 1-o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun: Ushbu reytingda AQSH 1, Singapur 2, Rossiya 39, Qozog‘iston 76, Armaniston 88, Ozarbayjon 111, Belarus 113, Tojikiston 131, Qirg‘iziston 134- o‘rinni egallagan. Shuningdek, mamlakatimiz Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasi 3-o‘rinni egalladi (Hindiston 1, Turkiya 2-o‘rinda).
Mazkur reyting xar yili e’lon qilinib, unda hukumatning sun’iy intellekt texnologiyalarini tadbiq etishga tayyorligi bo‘yicha 2024-yil holatiga baholanadi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...