Shu bilan birga Qonunga ko'ra qurilish davomida kimyoviy biologik vositalarni qo'llagan holda daraxtlar, butalar yoki boshqa o'simliklarga qasddan shikast yetkazishga yangi ma'muriy jazo qo'llanishi nazarda tutilmoqda. Qolaversa, Qonunda hayvonlarni noqonuniy tutishda foydalanilgan ashyolar qonunchilikka muvofiq olib qo'yilishi yoki musodara qilinishi mumkin.
Qonunning qabul qilinishi taqiqlangan qurollar yoki usullarni, xususan, elektr toki, portlovchi va kimyoviy moddalar hamda biologik preparatlarni qo‘llagan holda ov qilish holatlarining oldini olish orqali biologik resurslarni muhofaza qilishga, daraxt va butalarni nobud qilish huquqbuzarliklarini oldini olishga, shuningdek davlat inspektorlarining qonuniy ko‘rsatmalariga rioya etilishini ta’minlashga va davlat ekologik nazorati instituti samaradorligini oshishiga xizmat qiladi.